Maktab Ligasi

HACKVERSE

IT Club · HakatonTez orada

Maktabimiz o‘quvchilari uchun bepul tanlov: jamoalar berilgan muammoga 30 daqiqada yechim topib, 5 daqiqada taqdim etadi.

Ro'yxatdan o'tish ochiladi — 16-noyabr, dushanba
–kun–soat–daqiqa–soniya
Sana28-noyabr, shanba
Vaqt09:20–12:30
JoyFaollar xonasi
Kimlar5–11-sinf o‘quvchilari
Jamoa3–4 kishi, jami 10 jamoa
IshtirokBepul
Olib kelish shartHar bir ishtirokchiga to‘liq zaryadlangan noutbuk

Qanday o'tadi

  1. Tanlov boshida hamma jamoaga bitta muammo e’lon qilinadi.
  2. Jamoalar 30 daqiqa tayyorlanadi va yechim topadi.
  3. Har bir jamoa 5 daqiqa gapiradi.
  4. Hakamlar baholaydi, g‘oliblar e’lon qilinadi, hamma sertifikat oladi.

Kun tartibi28-noyabr, shanba

  1. Kelish va ro‘yxatdan o‘tishJamoa to‘liq tarkibda, noutbuklar zaryadlangan
  2. OchilishQoidalar va hakamlar bilan tanishuv
  3. Muammo e’lon qilinadiHamma jamoaga bitta muammo
  4. Tayyorgarlik30 daqiqa · internet va sun’iy intellektdan foydalanish mumkin
  5. TanaffusTaqdimot navbati qur’a bilan aniqlanadi
  6. TaqdimotlarHar bir jamoaga 5 daqiqa
  7. Hakamlar baholaydiIshtirokchilar uchun tanaffus
  8. G‘oliblar e’loniSertifikatlar topshiriladi

Ishtirok shartlari

  1. Jamoa 3–4 kishidan iborat bo‘ladi, bir o‘quvchi faqat bitta jamoada qatnashadi.
  2. Jamoasi yo‘q o‘quvchi ham ro‘yxatdan o‘tadi, uni tashkilotchilar jamoaga qo‘shadi.
  3. Har bir ishtirokchi noutbuk bilan keladi.
  4. Ota-ona ruxsatnomasi 26-noyabrgacha topshiriladi. Ruxsatnomasiz ishtirokchi qatnasha olmaydi.
  5. Jamoa soat 09:20 da to‘liq tarkibda joyida bo‘ladi.
  6. Tayyorgarlik vaqtida internet va sun’iy intellektdan foydalanish mumkin, lekin yechimni jamoaning o‘zi tushuntira olishi kerak.
  7. Boshqa jamoadan ko‘chirish taqiqlanadi.
  8. 5 daqiqa tugaganda taqdimot to‘xtatiladi.
  9. Hakamlar qarori yakuniy.

Muhim sanalar

  1. Ro'yxatdan o'tish yopiladi
  2. Jamoalar ro'yxati e'lon qilinadi
  3. Ota-ona ruxsatnomasini topshirishning oxirgi kuni
  4. HACKVERSE

Baholash

Har bir jamoa 100 ballik shkalada baholanadi. Yakuniy ball — hakamlar ballarining o'rtachasi; teng bo'lsa, «Yechim» bandi yuqori jamoa oldinda turadi.

  • Muammoni tushunishMuammoning sababi va kimga ta’sir qilishini to‘g‘ri ko‘rsatdimi?25
  • YechimYechim muammoni aniq hal qiladimi?30
  • AmaliylikMaktab yoki hayot sharoitida haqiqatan qo‘llasa bo‘ladimi?20
  • Yangi g‘oyaOddiy javobdan nimasi bilan farq qiladi?10
  • Taqdimot5 daqiqaga sig‘dimi, tushunarli va jamoa bo‘lib gapirdimi?15

Ro'yxatdan o'tish

0 / 10 jamoa joyi band

Ro'yxatdan o'tish 16-noyabr, dushanba kuni ochiladi.

Savollar uchun: @jonizz_devvvv